Buxoro shahar IIBga Gazli shoh ko‘chasida yashovchi 1964-yilda tug‘ilgan M.A ariza orqali murojaat qildi, deb xabar beradi viloyat IIB matbuot xizmati.
Fuqaro o‘z arizasida noma’lum shaxs uning yashash uyiga hech kim yo‘qligidan foydalanib g‘ayriqonuniy ravishda kirib, mehmonxonasidagi shkaf ichidan jami bahosi 1 500 000 so‘mlik tilla taqinchoqlarini yashirin ravishda o‘g‘rilab ketganligini bildirgan.
Olib borilgan surishtiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni Gazlishoh ko‘chasi 13-uy, 1-xonada yashovchi 1985-yilda tug‘ilgan R.O sodir qilganligi aniqlandi.
Ushbu holat yuzasidan fuqaro R. O.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)