Toshkent shahar IIBB Mirobod tuman aholisi va OAV vakillari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi, deb xabar beradi poytaxt IIBB matbuot xizmati.
Tadbirda ishtirok etgan tuman aholisi va OAV vakillariga shahardagi kriminogen holat, barcha turdagi jinoiy holatlarning pasayganligini tasdiqlovchi raqamlar haqida ma’lumot berildi. Shu bilan birga “Xavfsiz poytaxt” konsepsiyasining tadbiq etilishi bilan kechki va tungi vaqtlarda huquqbuzarliklar kamaygani ta’kidlandi.
Bosh boshqarma boshlig‘i tizimdagi so‘nggi yangiliklar haqida gapirar ekan, barcha tuman IIO FMBlarda katta inspektor-psixologlar lavozimi joriy etilgani haqida ma’lum qildi. Endilikda psixolog xodimlar nafaqat xodimlar bilan balki hududdagi tarbiyasi og‘ir o‘smir va yoshlar hamda jinoyat sodir etishga moyil bo‘lgan shaxslar bilan ham ish olib boradi.
Muloqotda Rustam Jo‘rayev shuningdek, yo‘l harakati xavfsizligi, profilaktika inspektorlari faoliyati va ularning fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari bilan hamkorligi, shahar hokimligi bilan aholi muammolarini ijobiy hal etishdagi yakdil harakatlarga doir savollarga ham javob qaytardi.
Izoh (0)