Toshkent viloyatida 24-avgust kuni mastlik oqibatida kelib chiqqan janjal sabab bir kishi kasalxonaga tushdi. Bu haqda Oʻzbekiston IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.
Maʼlum boʻlishicha, Yangiyoʻl shahrida yashovchi, muqaddam sudlangan Ya.S. va uning tanishi V.X. mast holda oʻzaro janjallashgan.
Natijada Ya.S. tanishini urib-tepib jarohatlab, kasalxonaga yotqizilishiga sababchi boʻlgan. “Ya.S.ning oʻzi esa qoʻlga olingan”, — deyiladi IIV axborotida.
Izoh (0)