Yer sayyorasi magnit qutblarining almashib ketishi uni Quyosh shamollarining zaryadlangan qismlaridan va kosmik radiatsiyaning boshqa shakllaridan himoyasini deyarli to‘liq yo‘q qiladi. Bu esa hayvonlar evolutsiyasini tezlashtiradi va odamlar hayotiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu haqda geologlarning PNAS jurnalida e’lon qilingan prognozlariga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.
Avstraliya Milliy universiteti olimi Endryu Robertsning ta’kidlashicha, Yerning magnit maydoni sayyorani 3,5 milliard yildan buyon Quyosh nurlanishining to‘g‘ri ta’siridan himoya qilmoqda. Boshqa tomondan, Quyoshning kuchli chaqinlari davriy ravishda ana shu maydonga urilib, elektron vositalar uchun bir qator muammolarni yuzaga keltiradi. Qutblarning almashib ketishi esa bundanda jiddiyroq muammolarni keltirib chiqaradi.
Qutblarning joylashishi va kompas strelkasininig ko‘rsatkichi sayyoraning doimiy xususiyati hisoblanmaydi. Davriy ravishda, taxminan 450 ming yoki million yilda bir marta sayyoraning Shimoliy va Janubiy qutblari joyini o‘zgartiradi. Olimlar buning izlarini qadimiy loy va vulqon jismlarida aniqlagan.
Izoh (0)