BMT bosh kotibining rasmiy vakili Stefan Dyujarrik kotibiyat siyosiy departamenti yoki boshqa organi Suriya bo‘yicha “maxfiy direktiva (ko‘rsatma)” chiqargani haqidagi axborotni rad etdi, deb yozadi “RBK”.
“Maslahatlashuvlar yo‘li bilan tuzilib, BMT tizimi bo‘ylab tarqatilgan hamda Suriyadagi ehtiyojmandlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan, adolatli va nodiskriminatsion asosdagi ichki ko‘rsatmalar va tamoyillar mavjud, ular ehtiyojlardan kelib chiqib, betaraflik va xolislik tamiyillariga asoslangan”, — dedi Dyujarrik.
Avvalroq Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov butun BMT tizimi bo‘ylab tashkilot tuzilmalariga Suriya iqtisodiyotini tiklash bo‘yicha bo‘yicha har qanday loyihalarda qatnashishni taqiqlovchi maxfiy direktiva tarqatilganini ma’lum qilgan edi.
Izoh (0)