AQSh prezidenti Donald Tramp Iordaniya qiroli Abdulla II bilan iyun oyida Falastin — Isroil muammosini tartibga solish imkoniyatlarini muhokama qilish chog‘ida islom dini haqida hazil qilgan. Monarx Trampning hazilomuz so‘zlarini 2-avgust kuni Fransiya tashqi ishlar vaziri Jan-Iv Le Drian bilan uchrashuv vaqtida eslagan. Bu haqda Axios xabar berdi.
Tramp bilan uchrashuv vaqtida Iordaniya hukmdori ko‘plab falastinliklar isroilliklar bilan bitta davlatda yashashni va teng huquqlarga ega bo‘lishni ma’qul ko‘rishini aytgan. “Buning natijasida Isroil o‘zining yahudiylik xarakterini yo‘qotadi”, — deb hisoblaydi hukmdor.
“Siz aytayotganingiz ma’noga ega. Biroq musulmonlar Falastini va yahudiylar Isroilining birlashishi ssenariysida Isroil bosh vaziri bir necha yildan keyin Muhammad deb ataladi”, — deb hazilomuz javob bergan Donald Tramp.
Qirol Trampga AQShning tinchlik rejasi Yevropa va arab davlatlari kelishuviga qo‘yilgandagina qabul qilinadigan bo‘lishi bilan javob qaytargan.
Izoh (0)