Dunyodagi birinchi kvars qo‘l soati yaratuvchisi Rene Le Kultr 100 yoshida Shveysariyada vafot etdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Le Kultr mashhur Jaeger-LeCoultre soat firmasi asoschisining nabirasi hisoblanadi.
Beta 1 markali qo‘lga taqiladigan birinchi kvars soati 1967-yilda har yili Shveysariya xronometriya jamiyati tomonidan o‘tkaziladigan aniqlik tanlovida taqdim etilgan.
Le Kultr Shveysariya elektronika va mikrotexnika markazi asoschilaridan biri hisoblanadi. Markaz 1984-yilda xronometriya jamiyati o‘rnini egallagan.
Izoh (0)