• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12694.97
    • RUB161.6
    • EUR14878.5
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +38°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kitob

    Maktab bozorlari: Chizsang yirtilib, bo‘yasang chaplashib ketadigan rasm daftarlari, katak va yozuvlarini ko‘z zo‘rg‘a ilg‘aydigan daftarlar…

    O‘zbekistonda iyul—avgust oylarida barcha joylarda maktab bozorlari tashkil etilib, ularda daftar va kitob savdosi chaqqonlashadi. Bu haqda Matbuot va axborot agentligi xabar bermoqda.

    Foto: Matbuot va axborot agentligi

    Foto: Matbuot va axborot agentligi

    Mo‘may daromad ilinjida yurgan ayrim shovvoz tadbirkorlarning shu paytga kelib “kuni tug‘adi”. “Davring keldi sur begim” degan matalni dastak qilib, “otini qamchilaydi”. Qaysi bir yerto‘lalarda bekinib olib kontrafakt mahsulotlar tayyorlashga kirishadi, turli aylanma yo‘llar bilan bojxonachilar ko‘zini shamg‘alat qilib, ta’lim standartlariga mos kelmaydigan matbaa mahsulotlari bilan bozorlarni to‘ldiradi.

    Natijada chizsang yirtilib, bo‘yasang ranglari chaplashib ketadigan rasm daftarlari, katak va yozuvlarini ko‘z bazo‘r ilg‘aydigan, muqovasida milliy ma’naviyatga mutlaqo zid turli suratlar aks etgan daftarlar o‘quvchilar sumkasidan joy oladi.

    Xorijiy multfilmlar va ertak qahramonlari aks etgan, behayolik, ommaviy madaniyat targ‘ib etilgan rasm daftarlari (raskraskalar) esa farzandlarni “tarbiyalay” boshlaydi.

    Foto: Matbuot va axborot agentligi

    Foto: Matbuot va axborot agentligi

    Birinchidan, bu soxta tadbirkorlar “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi, “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi, “Davlat ramzlari to‘g‘risida”gi qonunlar, davlat standartlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni oyoqosti qilayotgan bo‘lsa, ikkinchidan, qoida bo‘yicha halol ishlayotgan, soliq va majburiy to‘lovlarni vijdonan to‘layotgan tadbirkorlarning manfaatiga, eng muhimi, farzandlarning sog‘lig‘iga ziyon yetkazyapti.

    Bugun tadbirkorlik davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Prezident tomonidan tadbirkorlarga keng imkoniyatlar eshigi ochildi. Ularning faoliyatiga aralashish, turli tekshiruvlar o‘tkazish taqiqlangan. Ammo bu ishonch, imkoniyat va imtiyozlar istagan narsani amalga oshirish, amaldagi qonunlarni oyoqosti qilish mumkin degani emas.

    Foto: Matbuot va axborot agentligi

    Foto: Matbuot va axborot agentligi

    Ayrim “tadbirkor”lar esa darsliklarni noqonuniy chop etib, sotuvga qo‘yishmoqda. Bu, o‘z navbatida, bilim olish sifatiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatmay qolmaydi. O‘quv darsligi sifatida taqdim etilgan kitoblar haddan tashqari kichik formatda, imloviy va uslubiy xatolar bilan, sifatsiz qog‘ozlarda chop etilmoqda. Bunday kontrafakt mahsulotlar “Solnechniy” (“Ilm shu’lasi”) bozoridan viloyatlarga mashina-mashina qilib tashib ketilyapti.

    Foto: Matbuot va axborot agentligi

    Foto: Matbuot va axborot agentligi

    Shu bois Matbuot va axborot agentligi Bosh prokuratura, Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi, “O‘zstandart” agentligi, Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi va boshqa tashkilotlarni hamda jamoatchilikni mazkur muammoni bartaraf etishda hamkorlikka chorlaydi. Amaldagi qonun hujjatlariga chap berayotgan bu kabi “tadbirkor”lar faoliyatini tartibga solish, ularga nisbatan keskin ta’sir choralarini qo‘llashni aslo kechiktirib bo‘lmaydi. Zero, ushbu muammo yosh avlod taqdiri, uning ertangi kuni bilan bevosita bog‘liq.

    03.08.2018, 08:35   Izoh (0)   42395
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Madaniyat vazirligi Tohir Malikning yoshlar bilan uchrashuvini tashkillashtiradi

    02.08.2018, 22:46

    AQShda Ernest Hemingueyning “Bog‘ tomondagi xona” hikoyasi ilk marta nashr etiladi

    02.08.2018, 19:42

    Shuhrat Rizayev va Amir Fayzulla Tojikiston universiteti faxriy doktori bo‘ldi

    27.07.2018, 17:53

    Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf qalamiga mansub “Iymon” kitobining ikkinchi nashri chop etildi

    27.07.2018, 08:24

    Xorazmlik 80 yoshli bobo uyida kutubxona va muzey tashkil qildi

    23.07.2018, 23:15

    “Yosh kitobxon” tanlovi: Ikki yosh toifasi bo‘yicha saralash bosqichi o‘tkazildi

    14.07.2018, 09:44
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Garvard universiteti yahudiy talabalarning fuqarolik huquqlarini buzgan — Oq uy

    Dunyo | 1 iyul, 17:05

    Pep Gvardiola yozda “Manchester Siti”ni tark etishi mumkin bo‘lgan futbolchilar haqida gapirdi

    Sport | 1 iyul, 16:59

    Farg‘onadagi portlash: aybdorlarga hukm o‘qildi, qurbonlar oilasiga tovon pullari belgilandi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 16:54

    Dunyoda ilk bor barcha bosqichlari to‘liq sun’iy intellekt yordamida yaratilgan multserial taqdim etildi

    Kino | 1 iyul, 16:50

    Xivada birinchi O‘zbekiston—Ozarbayjon parlamentlararo forumi o‘tkazilmoqda (foto)

    O‘zbekiston | 1 iyul, 16:40

    Jeff Bezosning “asr to‘yi” Italiya byudjetiga 1 mlrd dollardan ortiq daromad keltirdi

    Shou-biznes | 1 iyul, 16:35

    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda

    Reklama | 1 iyul, 16:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.