Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasida tojikistonlik ijodkor-ziyolilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar bermoqda.
Uchrashuvda o‘zbekistonlik olimlar, shoir va yozuvchilar, shuningdek, Tojikiston xalq yozuvchisi Abdujabbor Abdug‘afforov, taniqli ijodkor Karas Safarov qatnashdi.
Tadbirda “Jahon adabiyoti” jurnalining tojikistonlik yozuvchi va adiblar asarlari chop etilgan yangi soni taqdimoti o‘tkazildi.
Shuningdek, O‘zbekistonda tojik madaniyati, san’ati targ‘ibotiga, o‘zaro adabiy aloqalar rivojiga qo‘shgan hissasi uchun taniqli tarjimon Amir Fayzulla hamda dramaturg va adabiyotshunos Shuhrat Rizayevga Tojikiston Badiiy akademiyasi qoshidagi Xalqaro fundamental ta’lim universitetining faxriy doktori unvoni topshirildi.
Izoh (0)