Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonning avgust oyida O‘zbekistonga rasmiy tashrifi doirasida tojik va o‘zbek xonandalarining hamkorlikdagi konsert dasturi o‘tkaziladi, deb xabar beradi “Dialog.tj”.
Tojikiston madaniyat vaziri o‘rinbosari Ibodullo Mashrabovning jurnalistlarga ma’lum qilishicha, Buxoro va Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan konsert dasturlarida tojikistonlik Nigina Amonqulova, Zikrulloh Hakimov, Sirojiddin Fozilov, Afzalsho Shodiyev va Nigina Haqnazarova kabi san’atkorlar chiqish qiladi.
Qayd etilishicha, o‘zbek va tojik xonandalari ikki mamlakat prezidentlari uchun konsert dasturini namoyish etadi.
“Bizning xonandalarimiz Samarqand va Buxoroda konsert dasturlarini taqdim etadi”, — deydi Ibodullo Mashrabov.
Izoh (0)