Igor Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat san’at muzeyidagi shikastlangan “Chelakli ayol” suratining restavratsiya qilish xarajatlarini qurilish kompaniyasi to‘lashga rozi bo‘ldi. Bu haqda Madaniyat vazirining o‘rinbosari Kamola Oqilova ma’lum qildi, deya xabar beradi Sputnik.
Oqilovaga ko‘ra, surat ijtimoiy tarmoqlarda yozilganidek 60 emas, 30-35 foizga zarar ko‘rgan.
Muzeydagi o‘t o‘chirish tizimini almashtirishga qat’iy qaror qilingan. Odatda muzeylarda gaz yordamida o‘t o‘chiruvchi tizimlar o‘rnatiladi, lekin o‘z vaqtida Nukus muzeyida narxi arzon bo‘lgani tufayli suvli o‘t o‘chirish tizimi o‘rnatilgan.
Ayni damda kartina gorizontal holatda, mo‘tadil haroratda saqlanmoqda. Uni keskin quritib yubormaslik uchun muzey xodimlari tun-kun navbatchilik qilmoqda.
Izoh (0)