Janubiy Koreyaning POSCO kompaniyasi O‘zbekistonga o‘zining elektromobillar ishlab chiqarish bo‘yicha platformasini eksport qilmoqchi, deb yozadi Spot.
Kompaniya press-relizida aytilishicha, u 30-iyuldan boshlab elektromobillar shassisi, kuzov romlari va dvigatellar uchun yengil po‘lat plastinalar va buyumlar ishlab chiqarish quvvatini oshirmoqda, uning filiallari — POSCO Chemtech va POSCO ICT esa batareyalar materiallari va zaryadka infratuzilmasi ustida ishlamoqda.
Bu POSCO raisi Choy Chjun-vuning korporatsiyaning energiyani saqlash uchun materiallar bo‘yicha dunyo bozoridagi ulushini 2030-yilgacha 20 foizga yetkazish haqidagi yangi va’dasiga muvofiq keladi.
POSCO’ning Giga Steel o‘ta mustahkam po‘latidan Toyota, Volkswagen va General Motors kabi turli markalar foydalanadi.
Izoh (0)