GM Uzbekistan zavodida ishlab chiqarilayotgan Spark avtomobiliga elektr dvigatel o‘rnatiladi. Bu haqda Xalqaro press klubda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ma’lum qilindi, deya xabar beradi “Xalq so‘zi”.
Spark avtomobilini elektromobilga aylantirish ishlari tez orada boshlanadi. Sentabr oyida Spark’ning elektromobil ko‘rinishidagi talqini taqdimoti bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.
Ammo hozircha uning aholi uchun qaysi muddatda yetkazib berilishi aniq emas.
“Elektromobillar narxi qimmat. Ularni ishlab chiqarish imkoniyati kompaniyaga bog‘liq. Shu bois hozircha elektromobillarni aholiga yetkazib berish muddatini aniq ayta olmaymiz”, dedi yig‘ilish ishtirokchilaridan biri.
Izoh (0)