• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Samarqandda sud 5 nafar jo‘ra Tojikistondan olib kelgan 10 ta televizorni musodara qildi va jarimaga tortdi. Ular esa o‘zlarini nohaq jazolangan hisoblamoqda

    Sud albatta qonun tomonida bo‘lmog‘i, sudya faqat qonun talablariga tayangan holda o‘z qarorini chiqarishi zarur. Ammo Samarqandda yuz bergan voqeada bojxona xodimlarining xatti-harakatlarini baholashda sud uchun adolat mezon bo‘lganiga ishonish mushkul. Bu haqda “Daryo”ga jurnalist Toshpo‘lat Rahmatullayev xabar bermoqda.

    Foto: Trend

    Foto: Trend

    Besh nafar o‘rtoq Samarqanddan Tojikistonning Panjakent shahriga borib, u yerda ikkitadan televizor xarid qiladi. Ular “Jartepa” chegara bojxona postida bojxona deklaritsiyasini to‘ldirib, televizorlarni O‘zbekiston hududiga olib o‘tadi. E’tibor bering: ularning har biri ikkitadan televizor bilan qaytadi va tovarning narxi 286 dollarni tashkil etadi. Voqea 11-may kuni sodir bo‘lgandi. U vaqtda cheklanmagan miqdorda, lekin umumiy bahosi 300 dollardan ko‘p bo‘lmagan tovar olib o‘tishga ruxsat bor edi.

    Negadir keyinchalik viloyat bojxona mas’ullari va viloyat ma’muriy sudi televizorlarni faqat ikki kishi – Nodirjon To‘raqulov va Abdusalom Nosirov olib o‘tganligini iddao qilib, ularni jazolaydi. Qolgan uch nafar mulk sohibi — Ansor Nosirov, Qahramon Quvvatov va Salohiddin Egamberdiyev chetda qolib ketadi va sudga guvoh sifatida jalb qilinadi.

    Jo‘ralar o‘z tovarlarini mavjud tartibga ko‘ra rasmiylashtirib, bojxona postidan o‘tgandan so‘ng, yengil mashinada Samarqand tomon ravona bo‘ladi. N.To‘raqulovning so‘zlariga qaraganda, ular televizorlar sotadigan do‘konga kirib, o‘zlari sotib olgan 80/32 santimetr o‘lchamli, LG rusumli televizorning narxini bilmoqchi bo‘lgan. Shu vaqtda uch kishi kelib, o‘zlarini bojxona xodimlari deb tanishtirgan va ularni viloyat bojxona idorasiga olib borgan.

    Sud majlislaridan birida ishtirok etdim. Ish viloyat ma’muriy sudida sudya Sirojiddin Yusupov raisligida ko‘rib chiqildi. 8-iyundagi sud majlisi bir soat kechikib boshlandi. Sudya bu holga izoh berishni ortiqcha deb hisobladimi yoki bu odatiy holmi, uzr so‘ramasdan, kechikish sababini ma’lum qilmasdan, sud majlisini ochiq deb e’lon qildi.

    Bu yerda sud majlisida bo‘lgan gaplarni, 14-iyundagi sud majlisida qabul qilingan qaror tafsilotlarini keltirib, ko‘pchilikning vaqtini olmoqchi emasman. Javobgarlikka tortilganlarning va qolaversa, o‘zimni ham qiynayotgan, noaniq bo‘lib qolayotgan savollarni o‘rtaga tashlamoqchiman. Ularga bojxona xizmati mutasaddilari, huquqshunoslar javob berishar, masalaga oydinlik kiritib, o‘zini nohaq jazolangan deb hisoblayotgan yosh yigitlarga hamasini ipidan ignasigacha tushuntirar degan umiddaman.

    Mana o‘sha savollar:

    Qonun buzilgan bo‘lsa, nega joyida, bojxonada bu narsaga oydinlik kiritilmadi? Urgut va Tayloq tumanlari hududi orqali viloyat markazigacha chegara postidan o‘tganlarni quvib kelish va yuklarini olib, o‘zlarini jazoga tortish qanchalik to‘g‘ri?

    Nega chegara bojxona postida televizorlar besh kishi nomiga rasmiylashtirilishiga qaramasdan, sudda faqat ikki kishi 10 ta televizor olib o‘tganligi ta’kidlandi va ular aybdor deb topildi?

    Agar viloyat bojxonasi bo‘lim boshlig‘i Lutfilla Ziyodullayevning sud majlisdi uqtirganidek, o‘sha paytda maxsus tezkor tadbir o‘tkazilgan bo‘lsa, nega unda ichki ishlar organi va prokuratura xodimlari va xolislar qatnashmagan?

    N.To‘raqulov va A.Nosirov sudda bergan ko‘rsatmalarida L.Ziyodullayev bilan bo‘lgan ikki noma’lum shaxs o‘zlarini tanishtirmaganligini, hech qanday hujjat ko‘rsatmaganligini uqtirishdi. Shuningdek, ularning so‘zlariga qaraganda, o‘sha paytda xolislar ham bo‘lmagan, ularni keyinchalik bojxona binosiga olib kelishgan. Xolislarning o‘zlari ham tezkor tadbir tugagandan so‘ng bu ishga jalb qilinganliklari haqida sudda ko‘rsatma berdi.

    Sud qarorida A.Nosirov televizorlarni “savdo do‘koniga topshirayotgan vaqtda ushlanganligi” haqida so‘z yuritilgan. Vaholanki, L.Ziyodullayev sud majlisida bergan ko‘rsatmasida televizorni A.Nosirov avtomashinadan tushirayotgan paytda to‘xtatilganligini uqtirgan edi. Buni tushuntirib, u do‘kon ichida bu ishni amalga oshirish mumkin emasligini, tadbirkorlik subyekti hududiga kirish uchun alohida ruxsatnoma kerak ekanligini gapirib o‘tgan edi. Nima, bu katta ko‘chada avtomashidan tushirayotgan tovarni olib qo‘yib, uning egalarini javobgarlikka tortishga asos bo‘la oladimi?

    Sud “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi kodeksning tegishli moddalari bilan N.To‘raqulov va A.Nosirov huquqbuzarlik sodir etgan deb topdi va har birini eng kam oylik ish haqining besh baravari miqdorida jarimaga tortdi. 10 ta televizor davlat foydasiga musodara qilindi.

    “Nega bizni noqonuniy tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullaganlikda ayblashdi? Biz qonun ruxsat bergan miqdorda o‘z ehtiyojimiz uchun mahsulot olib kelgan edik. Uni musodara qilish va bizni jarimaga tortish kimga kerak edi?”, deydi N.To‘raqulov.

    Agar yuqoridagi savollarga mutasaddilar tezlik bilan aniq javob qaytarsa, ortiqcha gap-so‘zlarga barham berilardi, voqea ishtirokchilari va voqeadan xabardor bo‘lganlar ko‘z oldida adolat tantana qilgan bo‘lardi.

    29.07.2018, 11:32   Izoh (0)   25821
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonlik Darya Masalskaya “MDH go‘zali —2018” tanlovida kuchli beshtalikdan o‘rin oldi

    29.07.2018, 11:17

    Buxorolik Sadoqat Nyu-York politsiyasiga ishga kirgan ilk o‘zbekistonlik bo‘ldi

    29.07.2018, 10:52

    Toshkent shahar IIBB mototsiklchilarga murojaat qildi

    29.07.2018, 10:40

    O‘zbekistonda YaTTlarga 1-sentabrdan yengil avtomobillarni korporativ kartalar orqali sotib olishga ruxsat beriladi

    29.07.2018, 10:29

    Toshkentda bir kechada 8 nafar fohisha qo‘lga olindi

    29.07.2018, 09:49

    O‘zbekistonda yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararni qoplash uchun jamg‘arma tashkil etiladi

    29.07.2018, 09:32
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 

     

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    16 avgust, 23:46
    Audio Icon

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    16 avgust, 21:27
    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp Putinning butun Donbassni egallash talabini qo‘llab-quvvatladi — OAV

    Dunyo | 17 avgust, 18:40

    Putin Shavkat Mirziyoyevga Alyaskadagi sammit haqida ma‘lumot berdi

    O‘zbekiston | 17 avgust, 18:08

    Isroil falastinliklarni G‘azo janubiga majburan ko‘chirishga tayyorgarlik boshladi

    Dunyo | 17 avgust, 17:40

    Shavkat Mirziyoyev Pokiston prezidentiga ta’ziya yo‘lladi

    O‘zbekiston | 17 avgust, 17:10

    Navbatdagi “derbi” va ko‘p yillik tanaffusdan keyingi g‘alaba: “Navbahor” va “Neftchi” o‘yinidan fotogalereya

    Futbol | 17 avgust, 17:05

    Uchta “respublikachi shtat” poytaxt Vashingtonga qo‘shin yuboradi

    Dunyo | 17 avgust, 16:55

    Hindiston Fransiyadan yana 114 ta Rafale samolyotini sotib oladi

    Dunyo | 17 avgust, 16:25

    Kameralardan yiroqda: oddiy hayot kechirish uchun kinoni tark etgan 5 aktyor

    Kino | 17 avgust, 15:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.