Kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan qiz AQSh politsiyasi safida xizmat qilmoqda. Bu haqda “Amerika ovozi” ga tayanib “Kun.uz” xabar beradi.
Xabarda aytilishicha, buxorolik Sadoqat Maqsudova Nyu-Yorkka oilasi bilan 2009-yilda ko‘chib kelgan. U bir yarim yillik kadetlik kursidan so‘ng yaqinda Nyu-York politsiya akademiyasiga kirdi va olti oylik kursni bitirib, politsiya xizmatiga ishga qabul qilindi. U xizmatni o‘zbeklar ko‘p istiqomat qiladigan Bruklin tumanida o‘tamoqda.
Uning bobosi va buvisi Sadoqat Nyu-York shahri osoyishtaligini saqlashga hissa qo‘shishidan xursand ekanliklarini bildirishdi.
Ma’lumot berilishicha, Nyu-York tinchligini 36 ming nafar politsiyachi qo‘riqlaydi.
Izoh (0)