2018-yil 1-sentabrdan boshlab yakka tartibdagi tadbirkorlarga O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan yangi yengil avtomobillarni bank korporativ kartalari orqali sotib olish huquqini beriladi. Bu O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida ko‘zda tutilgan.
Aprel oyida O‘zbekistonda tadbirkorlik subyektlariga korporativ karta orqali nafaqat o‘z faoliyati bilan bog‘liq xizmat turlarini, balki davlat boji va yig‘imlarni to‘lashga ruxsat berilgan edi.
Izoh (0)