Afg‘oniston xavfsizlik kuchlari va harbiy-havo kuchlarining butun mamlakat bo‘ylab olib borayotgan operatsiyalari natijasida bir kunda kamida 162 nafar jangari yo‘q qilindi. Bu haqda, Afg‘oniston Milliy mudofaa vazirligi bayonotiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
“Afg‘oniston xavfsizlik kuchlari 11 ta qo‘shma operatsiya o‘tkazib, 19 ta aviazarba yo‘lladi. Operatsiyalar Nangarhor, Kunar, G‘azni, Paktiya, Uruzg‘on, Zabul, Qandahor, Farah, Badgis, Faryob, Qunduz, Balx, Badaxshon va Helmand viloyatlarida o‘tkazildi”, — deyiladi vazirlik axborotida.
Qayd etishlaricha, yo‘q qilingan jangarilarining yetti nafari radikal kayfiyatdagi “Tolibon” harakati dala qo‘mondonlaridan edi. Xavfsizlik kuchlari va tinch aholi vakillari orasidagi yo‘qotishlar haqida ma’lumot berilmagan.
Izoh (0)