Isroil harbiy havo kuchlari Falastin tomonidan raketa otilishiga javoban G‘azo sektoridagi sakkizta obyektga hujum qildi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
Isroillik harbiylarning ma’lum qilishicha, uchta harbiy birlikka hamda HAMAS harakatiga tegishli sement zavodiga zarba berilgan. Shuningdek, qayd etilishicha, hujum G‘azo sektori tomondan raketa otilishiga javoban amalga oshirilgan.
“HAMAS terrorchilik tashkiloti G‘azo sektorida yuz berayotgan barcha hodisalar uchun javobgar”, — deyiladi Isroil armiyasi vakillari.
Izoh (0)