Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin Pekinda KXDR oliy rahbari Kim Chen In bilan uchrashdi. Bu haqda Xitoy davlat televideniyesi xabar berdi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Telekanal axborotida uchrashuv tafsilotlariga aniqlik kiritilmadi.
Avvalroq OAVlar Kim Chen In Xitoyga tashrifi davomida Si Szinpin bilan uchrashib, u bilan 12-iyun kuni Singapurda bo‘lib o‘tgan Amerika — Shimoliy Koreya sammitini muhokama qilishi haqida xabar tarqatgan edi.
Izoh (0)