Angliyada Kembridjdan Xantingtongacha bo‘lgan avtomagistral modernizatsiya qilinmoqda, deb yozadi National Geographic. Ishlar boshlanishidan avval joylarni arxeologlar o‘rganib chiqishi kerak.
Yaqinda ular so‘nggi Rim davriga yoki V asrda boshlangan ilk anglosakson davriga tegishli bo‘lgan odamlar qoldiqlarini aniqladi. Ikki erkakning skeleti bir-biriga nisbatan to‘g‘ri burchak ostida joylashtirilgan, tepadan qaraganda jasadlarning holati T harfini eslatadi.
Ikkala murdaning ham oyoqlari kesib tashlangan, bosh suyaklari teshilgan. Shuningdek, ushbu qabristondan 50 metrcha naridan yana bir oyoqsiz tana qoldig‘i topilgan.
Bu hududda Rim davriga tegishli doimiy turar joy va binolar izlari topilmagani tufayli, arxeologlar bu yerda istilochilar vaqtinchalik lager tashkil etganini taxmin qilmoqda. Ammo jasadlarning g‘alati tarzda ko‘milgani va oyoqlarining yo‘qligi sababi olimlarga qorong‘i bo‘lib qolmoqda.
Izoh (0)