Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev 19-iyun kuni Chimkentga respublika ahamiyatiga ega shahar maqomini berishni ko‘zda tutuvchi farmonni imzoladi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
“Ushbu ma’muriy birlik mamlakatimizdagi 17-hudud bo‘ladi”, — dedi Nursulton Nazarboyev.
Ostona va Olmaota qatorida Chimkent ham aholisi 1 million kishidan oshgan shaharlar qatoriga qo‘shildi.
Ma’muriy markazi Chimkent bo‘lgan Janubiy Qozog‘iston viloyati nomi esa Turkistonga o‘zgartirildi. Turkiston shahri viloyatning yangi markazi bo‘ldi.
Izoh (0)