O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi boshqa binoga ko‘chib o‘tmoqda. Bu haqda muassasa rasmiy xabarida aytiladi.
“Tashqi ishlar vazirligining boshqa binoga ko‘chib o‘tishi munosabati bilan TIVning internetdagi rasmiy manbalarida uzilishlar bo‘lishi mumkin”, — deyiladi xabarda.
TIV, xususan, o‘z veb-sahifasi, Facebook’dagi sahifasi, YouTube’dagi kanalida uzilishlar kuzatilishi haqida internet manbalari mehmonlari va OAVlar vakillarini ogohlantirdi.
Izoh (0)