O‘zbekistonda yana davlat qimmat qog‘ozlarini joylashtirishga qaror qilindi. Oxirgi bor ular 2011-yilda chiqarilgandi, deya xabar beradi Spot.
Obligatsiyalar Moliya vazirligi tomonidan chiqariladigan elektron shakldagi hisob registrlarida qayd etiladigan emission qimmatli qog‘ozlar bo‘lib, egalari davlat budjetiga mablag‘ kiritganidan dalolat beradi.
Qimmatli qog‘ozlar ularni so‘ndirilganda nominal qiymatini olish va egalik qilgan davrida mazkur qiymatga hisoblanadigan foiz tariqasidagi daromad olish huquqini beradi.
Bir obligatsiyaning nominal qiymati 1000 so‘m bo‘lishi ko‘zda tutilmoqda.
Izoh (0)