Qoraqalpog‘iston Respublikasining Ellikqa’la tumanida yashovchi 66 yoshli Ya.U. ismli ayol uyida 33 yoshli o‘g‘li X.K. bilan g‘ijillashib qoldi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Momo janjal asnosida o‘g‘lining boshiga temir bo‘lagi bilan urib, jarohat yetkazdi.
Hodisa tufayli X.K. kasalxonaga yotqizildi. Ya.U. ushlandi.
Izoh (0)