O‘zbekiston va Afg‘oniston chegarasida “Qizil kitob”ga kiritilgan jonzotlarni ovlashga uringan brakonyerlar faoliyati to‘xtatib qolindi. Bu haqda, Davlat xavfsizligi xizmati chegara qo‘shinlariga asoslanib, “Gazeta.uz” xabar berdi.
31-may kuni chegarachilar o‘q ovozini eshitgan va Afg‘oniston chegarasidagi qamishlar orasiga yugurib kirib ketgan kiyikni payqab qolgan. Mahalliy hududni kuzatish natijasida uch nafar noma’lum shaxslar aniqlangan, ular chegarachilarni ko‘rishi bilan afg‘on hududiga bekingan.
Kuzatuvlar brakonyerlar tomonidan o‘ldirilgan kiyikning jasadi topilgan. Uning yonida tirik kiyikcha bo‘lgan. Voqea joyiga yetib kelgan harbiy xizmatchilar guruhi kiyikchani chegara postiga olib ketgan. Ayni vaqtda u chegarachilar nazorati ostida.
Brakonyerlar tomonidan otib ketilgan jonzot Buxoro (to‘qay) kiyigi hisoblanadi va u to‘qayzorlar va Markaziy Osiyodagi suv havzalari atrofida yashaydi. “Qizil kitob”ga kiritilgan mazkur kiyiklarning soni 1999-yilda 400 boshni tashkil etgan bo‘lsa, hozirda ularning soni 1600 dan ortiq.
Izoh (0)