• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12603.52
    • RUB160.94
    • EUR14676.8
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +44°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Yer yuzidagi eng shimoliy masjidning O‘zbekistonga qanday aloqasi bor?

    O‘zAda jurnalist Rustam Jabborovning Yer yuzidagi eng shimoliy masjidning O‘zbekistonga qanday aloqasi borligi haqida ma’lumot berilgan maqolasi e’lon qilindi. E’tiboringizga ushbu maqolani to‘lig‘icha havola etamiz.

    Foto: O‘zA

    Rossiyaning Shimoliy poytaxti nomini olgan Sankt-Peterburgning Kronverk prospektida, “Primorskiy” metro bekati yaqinida moviy gumbazlari va minoralari ko‘kka qadalgan sharqona me’moriy obidani ko‘rgan har bir o‘zbekistonlik mehmon beixtiyor hayratga tushadi. Samarqand-u Buxorodagi singari tarixiy obidalarni yodga soluvchi bu inshoot qachon va nima maqsadda qurilgan? Uni kim qurgan? Nega u aynan bizning bobolarimiz qurgan imoratlarni yodga soladi? Keling shu savollarga bir boshdan javob berishga urinib ko‘ramiz.

    Bu sharqona uslubdagi go‘zal bino 2008-yilgacha Sankt-Peterburgdagi yagona, dunyoning eng shimoliy nuqtadagi masjidi deb qaralgan. Uning moviy gumbazi va minoralari Neva daryosi sohilidan ham bemalol ko‘rinib turadi. Yanada hayratlanarlisi, bu gumbaz Samarqanddagi Amir Temur maqbarasining gumbazi bilan deyarli bir xil. Bu o‘xshashlik ham bejiz emas, albatta.

    Ma’lumki, XIX asrning oxirlariga kelib, shaharda musulmonlar soni ancha ortgan bo‘lsa-da, hududda birorta masjid bo‘lmagan. Shu bois, musulmonlar mablag‘ to‘plashga kirishishadi. Biroq, ayrim amaldorlar bu ishga jiddiy qarshilik ko‘rsatishadi. Zarur mablag‘ tezlikda yig‘ilavermaydi. To‘plangan pul hatto masjid qurilishi uchun yer sotib olishga ham yetmaydi.

    Ana shunday paytda Peterburg bilan yaqin aloqalar o‘rnatishga urinib kelgan Buxoro amiri Sayid Abdulahadxon bundan xabar topadi va o‘z xazinasidan masjid qurilishi uchun yer sotib olishga katta miqdorda mablag‘ ajratadi. Shu tariqa, masjid qurilishi boshlanadi. 1910-yil 3-fevral kuni shaxsan Amir Abdulahadxon ishtirokida masjidning birinchi g‘ishti qo‘yiladi.

    Ammo, masjid ishga tushirilgan kunni ko‘rish amirga nasib etmaydi. U 1910-yilning 26-noyabrida olamdan o‘tadi. Biroq, masjid qurilishi to‘xtamaydi. 1913-yilning 22-fevralida masjid tantanali ochiladi. Unda otasining o‘rniga taxtga o‘tirgan hukmdor, Buxoroning so‘nggi amiri Said Olimxon bilan birga Xiva xoni Asfandiyorxon ham ishtirok etgan. Qizig‘i shundaki, mamlakatimiz hududida joylashgan ikki qo‘shni davlat – Buxoro va Xiva hukmdorlari faqat ana shu voqea munosabati bilan, aynan Peterburgda uchrashishgan ekan.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA
    Sankt-Peterburgdagi musulmonlar 1926-yil

    Masjid o‘zining bir asrdan ko‘proq tarixi davomida ko‘plab noxush voqealarni boshidan kechirdi. Sovet davrining dahriyona siyosati hukm surgan yillarda shahar ijroiya hokimiyati qarori bilan masjid yopib qo‘yiladi.

    O‘tgan asrning oltmishinchi yillarida Indeneziya prezidenti Doktor Ahmad Sukarno Sankt-Peterburgga qilgan tashrifi asnosida yaqin atrofdagi katta yo‘ldan ketayotib, masjid gumbazi va minoralarini ko‘rib qoladi. “Bu yerda masjid ko‘rdim, meni o‘sha yerga olib boringlar” deb iltimos qiladi. Ammo, sovet rasmiylari oliy martabali mehmonni bu qutlug‘ dargohga olib borishmaydi. Bundan ranjigan mehmon faqat eng zarur uchrashuvlarnigina o‘tkazib, darhol Moskvaga qaytadi. “Sizga Leningrad yoqdimi?” deb so‘rashganida, “Men bu shaharni ko‘rganim yo‘q” deya mujmal javob qaytarib, vataniga qaytib ketgan ekan.

    Shahar musulmonlarining qayta-qayta murojaatlaridan so‘ng 1974-yilda masjid ularga qaytarib beriladi. Jome masjidi o‘tgan davr mobaynida bir necha bor ta’mirlanadi. Bugungi kunda ushbu go‘zal inshoot Sankt-Peterburgning noyob tarixiy obidalaridan biri sifatida davlat himoyasiga olingan.

    Xabaringiz bor, bu shaharda 6—8-iyun kunlari O‘zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari Milliy assotsiatsiyasi bir qator davlat jamoat va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda “O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va madaniyatlar o‘rtasida muloqotga yo‘l” Ikkinchi xalqaro kongressini o‘tkazdi.

    Mazkur kongress doirasidagi tadbirlar, uchrashuvlar, munozaralar milliy va xalqaro ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borildi.

    Kongress dasturidan o‘rin olgan xayrli tadbirlardan biri anjuman ishtirokchilarining Sankt-Peterburg jome’ masjidiga tashrifi bo‘ldi.

    Mehmonlarni Sankt-Peterburg va Rossiyaning Shimoli-G‘arbiy hududi musulmonlari idorasi raisi, mazkur masjidning imom xatibi Ravil hazrat Pancheyev kutib oldi. Mazkur masjidning barpo etilishi tarixi haqida hikoya qildi.

    “O‘zbekiston men uchun juda aziz va mukarram zamin. Chunki bu qadim yurtda dinimiz rivoji uchun xizmat qilgan juda ko‘p buyuk zotlar, olimu allomalar yetishib chiqqan. Marhum otam, Rossiyaning mashhur ulamolaridan bo‘lgan Ja’far hazrat Pancheyev avval Buxorodagi Mir Arab madrasasida, keyin Toshkent islom universitetida Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf bilan birga tahsil olganlar. Har gal O‘zbekistonga borsam, u yerdan ilohiy kuch-qudrat, nur, ilhom olib qaytaman. Bu gal ham shahrimizda O‘zbekiston madaniy merosiga bag‘ishlangan yirik anjuman o‘tayotganidan juda mamnun bo‘ldim. Chunki bu ulkan ma’naviy meros nainki O‘zbekiston, balki, barcha musulmonlarning ham faxru iftixoridir”, – dedi Ravil hazrat Pancheyev.

    Hazratning aytishicha, jome masjid o‘z bag‘riga 3500 nafardan ortiq namozxonni sig‘dira oladi. Ammo, juma va Hayit namozlarida masjidning hovlisi, uning atrofi ham namozxonlar bilan to‘lib ketadi. O‘sha paytlarda atrofdagi ko‘chalar bir necha soat yopiladi. Masjidga keluvchilarning etnik tarkibida o‘zbeklar birinchi o‘rinda turadi. Shu bois bo‘lsa kerak, hazratning tatarcha lahjada o‘zbek tilida ravon gapirishi bizni hayratga soldi.

    Masjidning ikkinchi qavatida ayollar ham namoz o‘qishi mumkin. Namozgoh shiftida Abu Bakr Siddiq, Umar ibn Xattob, Usmon ibn Affon, Ali ibn Abu Tolib va ul zotning ikki o‘g‘illari imom Hasan va imom Husaynning muborak ismlari bitilgan. Mehrobda Oyat al-kursiy suls xatida aks ettirilgan.

    Tashrif asnosida O‘zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari assotsiatsiyasi raisi Firdavs Abduxoliqov VIII asrga mansub Katta Langar Qur’onining zamonaviy poligrafiya uslubida chiqarilgan faksimile nusxasi va “O‘zbekiston obidalaridagi bitiklar” turkumidan chiqarilgan kitob albomlarni jome’ masjidga topshirdi.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA
    11.06.2018, 19:33   Izoh (0)   42866
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Surxondaryo viloyati IIB xodimlari tomonidan Boysunda maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi (foto)

    11.06.2018, 18:54

    Bir qator xorijliklar mashhur she’rni o‘zbekchada aytib berdi (video)

    11.06.2018, 17:43

    Ibodatdan so‘ng qo‘llar yuzga surilishining boisi nima?

    11.06.2018, 17:19

    Samarqandda qaynona-kuyov mojarosi pichoqbozlik bilan tugadi

    11.06.2018, 17:01

    10-iyun kuni Toshkentda 1742 nafar fuqaroga biometrik pasportlar topshirildi

    11.06.2018, 16:29

    Uzmobile +882 perefiksli barcha raqamlarni bloklab qo‘ydi

    11.06.2018, 16:05
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi

     

    Tavsiya etamiz

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06

    Titanlar to‘qnashuvi: g‘arb burguti kuchlimi yoxud sharq ajdari?

    21 iyul, 19:50

    Favvorada cho‘milayotgan, muzqaymoqqa navbatda turgan odamlar, maysada uxlayotgan it-mushuklar — Toshkentda chilla

    21 iyul, 14:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tojikiston Afg‘oniston fuqarolarini deportatsiya qiladi

    Tojikiston | 22 iyul, 16:00

    Zominda Xitoy kompaniyasi bilan xavfsizlik va tibbiyot texnikalari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi

    O‘zbekiston | 22 iyul, 15:48

    Qozog‘iston pasportlari o‘zgaradi

    Qozog‘iston | 22 iyul, 15:45

    Abbosbek Fayzullayev transferi qachon e’lon qilinishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 22 iyul, 15:40

    Ona bo‘lishni orzu qiladi va xeyterlarini kechirmaydi. Turk aktrisasi Hande Erchelning yangi intervyusi e’lon qilindi

    Kino | 22 iyul, 15:35

    Air China Urumchi va Toshkent o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni qo‘lga qo‘ydi

    O‘zbekiston | 22 iyul, 15:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.