10-iyun kuni Chilonzor tuman hokimligida o‘tkazilgan tadbirda tumanda istiqomat qiluvchi 30 nafar nogironligi bor shaxslarga Prezident sovg‘asi — nogironlik aravachalari topshirildi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Nogironlik aravachalari Chilonzor tuman hokimi, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish mahalla organlari rahbarlari va tuman tibbiyot birlashmasi vakillari ishtirokida topshirildi.
Shu yerning o‘zida aravachalar 24 nafar fuqarolarning oila a’zolariga topshirilgan bo‘lsa, 6 nafariga yashash joyiga olib borildi.
Izoh (0)