• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12777.52
    • RUB161.54
    • EUR14590.65
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Ro‘za tutishning inson organizmiga ta’siri qanday?

    O‘zbekiston musulmonlari idorasi rasmiy sayti “Muslim.uz” BBC muxbiri Axmen Havojaning ro‘za tutishning inson organizmiga qanday ta’sir ko‘rsatishi haqidagi maqolasini chop etdi. Quyida maqola e’tiboringizga havola etiladi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

     

    Musulmonlar Ramazonda sahardan shomgacha ro‘za tutishadi. Buning inson organizmiga ta’siri qanday?

    So‘nggi yillarda Ramazon shimoliy yarimshar mintaqasida yoz oylariga to‘g‘ri kelmoqda (bu yil Ramazon Britaniyada 16-maydan boshlandi). Bu oylar davomida kunduzi uzoqroq, ob-havo esa issiqroq bo‘ladi.

    Bu esa ba’zi mamlakatlar, masalan, Norvegiyada odamlar kelayotgan Ramazonda kuniga 20 soatga qadar ro‘za tutadi, deganidir.

    Ro‘za tutish sog‘liq uchun foydalimi? Quyida 30 kun ro‘za tutganingizda tanangizda qanday o‘zgarishlar yuz berishi haqida bilib olishingiz mumkin.

    Har yili Yer yuzidagi millionlab musulmonlar Ramazonning bir qismi sifatida 30 kun davomida kun chiqqandan to quyosh botgunga qadar ro‘za tutadi.

    Ro‘za paytida organizmingiz quvvat uchun birinchi jigarda yig‘ilgan shakarni ishlatadi.

    Eng qiyin qism – ilk ikki kun

    Tibbiyot nuqtayi nazaridan so‘nggi ovqatdan sakkiz soat yoki shunga yaqinroq vaqt o‘tmagunga qadar tanangiz “ro‘zadorlik holati”ga kirmaydi. Bu vaqt atrofida ichaklar ovqatdagi oziq moddalarni so‘rib olish jarayonini yakunlayotgan bo‘ladi.

    Oziq moddalar ichaklar orqali so‘rib olingandan so‘ng tanamiz jigar va mushaklarda to‘plangan glyukozadan quvvat olishga harakat qiladi.

    Ro‘zaning so‘nggi qismlarida, glyukoza tugagandan so‘ng, tanada yig‘ilgan yog‘ quvvatning navbatdagi manbayi bo‘lib xizmat qiladi.

    Ramazonning ilk kunlari qiyinroq kechadi, ammo organizm ochlikka tezda ko‘nikadi.

    Tana yog‘ bilan oziqlana boshlaganda vazn va xolesterin miqdori kamayadi, qandli diabetga chalinish ehtimoli pasayadi.

    Ammo qonda shakar miqdorining tushib ketishi holsizlik va lanjlikka sabab bo‘ladi.

    Ro‘za tutayotgan paytingiz bosh og‘rig‘i va aylanishi, ko‘ngil aynishini his qilishingiz, nafasingiz siqishi mumkin.

    Bu vaqtda tanangizdagi ochlik hissi o‘zining eng yuqori cho‘qqisiga chiqadi.

    Suvsizlanishdan ehtiyot bo‘ling – 3—7 kun

    Tanangiz ro‘za tutishga moslasha borgan sari yog‘lar cho‘kib, qondagi shakarga aylanadi. Ro‘za tutish davomida yo‘qotilgan suyuqlik miqdori iftorlik va og‘iz yopish orasida qayta to‘ldirilishi lozim. Aks holda terlash hisobiga tana suvsizlanib qoladi.

    Iste’mol qilinayotgan taomlarda uglevod va yog‘lar kabi quvvat beruvchi moddalar yetarli darajada bo‘lishi zarur. Shuningdek, oziq moddalar, jumladan, oqsillar, tuzlar va suvning iste’mol qilinayotgan taomdagi miqdori o‘zaro muvozanatda bo‘lishi ham muhim.

    Ro‘za payti suv ichish muhim, ayniqsa, yoz oylarida.

    Ro‘za tutishga o‘rgana boshlaysiz – 8—15-kun

    Uchinchi bosqichga kelib, tanangiz ro‘za tutishga to‘la o‘rganib qolgandan so‘ng kayfiyatingizda ham yaxshi o‘zgarishlar paydo bo‘la boshlaydi. Kembrijdagi Addenbruk kasalxonasining anesteziya va intensiv davolash bo‘limi konsultanti bo‘lib ishlovchi doktor Razin Ma’rufga ko‘ra, ro‘za tutishning boshqa afzalliklari ham mavjud.

    “Odatiy turmush tarzida biz yuqori kaloriyali ovqatlar tanovvul qilamiz va bu hol tanamizning ba’zi vazifalarni, masalan, o‘zini-o‘zi qayta tiklash amaliyotini ado etishida xalal beradi”.

    Ko‘p kaloriya iste’mol qilish organizmning infeksiyaga qarshi kurashishini qiyinlashtiradi.

    “Ro‘za tutish davomida anchayin yengillashgan tana boshqa funksiyalarga o‘z e’tiborini qaratish imkoniga ega bo‘ladi. Shunday qilib, ro‘za tutish tananing o‘zini-o‘zi davolash xususiyatlari, shuningdek, infeksiyalarga qarshi kurashish qobiliyatiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi”.

    Ichni tozalash – 16—30 kun

    Ramazonning so‘nggi qismida tanangiz ro‘za tutishga butunlay ko‘nikib bo‘ladi. Bu vaqtga kelib yo‘g‘on ichak, jigar, buyrak va terilarda tozalanish jarayoni boshlanib ketadi.

    “Ro‘za tutish orqali o‘z-o‘zini tozalab olgan organlar o‘zining faoliyatini to‘liq tiklab oladi. Xotirangiz va diqqatni jamlash qobiliyatingiz yaxshilanib, o‘zingizni bardam seza boshlaysiz”, — deydi doktor Ma’ruf.

    Doktor Ma’rufga ko‘ra, davomli ochlik ozishning yaxshi yo‘li emas.

    “Tanangiz quvvat olishda oqsillarga qaram bo‘lib qolmasligi kerak. Bu manzara tana o‘ziga xos ‘ochlik holati’ga kirganda va mushaklardan quvvatlana boshlaganda yuzaga keladi hamda bir necha kundan bir necha haftaga qadar davom etadi”.

    “Ramazon ro‘zasi faqat kun chiqqandan botganga qadar davom etgani sababli bizda tanamizni quvvatga boy ozuqalar va ichimliklar bilan to‘ldirib olishga yetarlicha imkon bo‘ladi. Bu mushaklarni qurib ketishdan saqlaydi. Bundan tashqari vazn tashlashga ham yordam beradi”.

    Shunday qilib, ro‘za tutish sog‘liq uchun foydalimi?

    Doktor Ma’ruf ha, deydi. Ammo ba’zi narsalarni e’tiborga olib qo‘ymoq zarur.

    “Biz tanovvul qilayotgan taomlarimizga e’tiborni oshirganimiz sababli ro‘za tutish sog‘liq uchun foydali. Biroq bir oylik ro‘za foydali bo‘lsa-da, uni davomiy tutish tavsiya etilmaydi”.

    “Davomiy ro‘za tutganda tanangiz yog‘ni yeb bo‘lib, quvvat olish uchun mushaklarga e’tibor qarata boshlaydi. Bu esa yaxshi emas”.

    Doktor Ma’ruf Ramazondan tashqari paytlarda qisqa ro‘za yoki 5:2 formatdagi parhez (haftada ikki kun ro‘za tutish, qolgan kunlari oson hazm bo‘ladigan taomlar yeyish) tutish oylarga cho‘ziladigan ro‘zaga yaxshi muqobil bo‘ladi, deydi.

    “Ramazon ro‘zasida har kuni quvvatga boy ozuqa iste’mol qilishga e’tibor berish zarur. Shundagina tanangiz hayot uchun muhim bo‘lgan mushak to‘qimalarini yeb yubormaydi”.

    10.06.2018, 11:05   Izoh (0)   87484
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev ShHT sammitida muhim tashabbuslarni ilgari surdi

    10.06.2018, 10:20

    Toshkentdagi Central Park’ga haqiqiy fransuz karuseli o‘rnatildi (foto)

    10.06.2018, 09:45

    Moskvada 11 yoshli qizchani pichoq bilan yaralagan o‘zbekistonlik o‘z aybiga iqror bo‘ldi

    10.06.2018, 09:12

    O‘zbekiston IIV xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni ta’minlash qo‘shinlari qo‘mondoni va uning o‘rinbosari tayinlandi

    10.06.2018, 08:19

    Sindaoda ShHT sammiti boshlandi. Unda Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zladi

    10.06.2018, 07:34

    Toshkentdagi yangi qurilgan harbiylar mahallasida ilk ijodiy uchrashuv o‘tkazildi

    09.06.2018, 23:34
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mobiuz "Mehribon" imtiyozli tarif rejasini taqdim etdi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti — kelajagingizni kafolatlaydigan zamonaviy ta’lim maskani! 


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi


    Kapitalbank va Visa O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2026 saralash o‘yinini BAAda tantanali ravishda ochishdi


    Toshkentda xalqaro fintex-hodisa — Visa Cashless Forum 2025 bo‘lib o‘tdi 


    Yangi ufqlar: Centrum Air haftasiga ikki marta Toshkentdan Bishkekka parvozlarni amalga oshiradi


    Bektemir Residence — oilaviy turmush uchun mo‘ljallangan uy-joy majmuasi


     ADM Jizzakh Jizzaxda joylashgan 5-ixtisoslashtirilgan muassasa tarbiyalanuvchilari ehtiyoji uchun avtobus taqdim qildi


     Coca-Cola jamg‘armasi va Global atrof-muhit va texnologiyalar jamg‘armasi (GETF) “Aylanma iqtisodiyot kelajagi uchun hamkorlik bitimi (PACT)” ni e’lon qilganligi haqida ma’lum qildi


    Tenge Bank Tenge24 ilovasida yangi raqamli avtokreditini e’lon qildi


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda


    UCMG Amsterdamda bo‘lib o‘tayotgan Money 20/20 Europe xalqaro fintech ko‘rgazmasida O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi


    Zamonaviy Haval Jolion endi 0% muddatli to‘lov shartida 


    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring


    UZTELECOM "Muruvvat" tarifini taqdim etadi: Atigi 25 000 so‘m evaziga g‘amxo‘rlik va e’tibor bilan boyitilgan aloqa

     

    Tavsiya etamiz

    Sevgi yoxud KGB maxsus operatsiyasi — grek milliarderiga uylangan sovet xizmatchisi

    7 iyun, 16:20

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yozning jaziramasida salqinlik beruvchi 4 xil limonad retsepti

    Retseptlar | 9 iyun, 10:42

    Turkiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi qoshida maktab ochiladi

    O‘zbekiston | 9 iyun, 10:22

    Kolumbiyada 6,5 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

    Dunyo | 9 iyun, 10:09

    2025-yilda ota bo‘lgan mashhur erkaklar

    Kino | 9 iyun, 09:53

    Ronaldu: “Yo‘lning boshida emasman, oxiriga yaqinman”

    Sport | 9 iyun, 09:52

    O‘zbekiston va Shvetsiya onkologik kasalliklarga qarshi kurashishda hamkorlik qiladi

    O‘zbekiston | 9 iyun, 09:15

    Fransiya Ukrainada dron ishlab chiqaradi

    Dunyo | 9 iyun, 08:54
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.