Toshkentdagi Yashnobod tumanidagi harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari istiqomat qilayotgan yangi “Olmos” mahallada ilk ijodiy uchrashuv o‘tkazildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Orif To‘xtash chiqish qildi. Mudofaa vazirligi Ma’naviyat va ma’rifat markazi bosh mutaxassisi Ubaydullo Oltinov kitob mutolaasi va uning afzalliklari, barkamol avlodni tarbiyalashdagi ahamiyati to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdi.
Tadbir so‘ngida “Obod qishloq” loyihasi doirasida Jizzax viloyatidagi bunyodkorlik ishlarini o‘zida aks ettirgan “Manas” filmi namoyish etildi.
Eslatib o‘tamiz, “Xotira va Qadrlash kuni” bayrami arafasida Mudofaa vazirligining harbiy xizmatchilariga Yashnobod tumanidagi “Olmos” mahallasida yangi uylarning kalitlari tantanali tarzda topshirilgan edi.
Izoh (0)