Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Ukraina xavfsizlik xizmati tomonidan o‘limi uyushtirilgan rossiyalik jurnalist Arkadiy Babchenkoni kecha-kunduz qo‘riqlashni buyurdi, deb yozadi Meduza.
Shuningdek, Babchenkoning oilasi ham qo‘riqlanishi kerak, deyiladi Poroshenkoning Facebook’dagi postida.
Eslatib o‘tamiz, 29-may kuni Ukrainada rossiyalik jurnalist Arkadiy Babchenko o‘z xonadonida otib ketilgani haqida xabar berilgandi. Keyinroq bu Ukraina maxsus xizmatlari tomonidan uyushtirilgan operatsiya ekanligi ayon bo‘ldi.
Izoh (0)