AQSh harbiylari Janubiy Xitoy dengizidagi vaziyat tufayli Xitoy hukumati bilan keskin munosabatlar fonida Tinch okeani qo‘mondonligi nomini Hind-Tinch okeaniga o‘zgartirishga qaror qildi. Bu haqda CNN telekanaliga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.
“Hind va Tinch okeanining tobora o‘sib borayotgan o‘zaro bog‘liqligini tan olgan holda biz Tinch okeani qo‘mondonligi nomini Hind-Tinch okeani qo‘mondonligiga o‘zgartirishga qaror qildik”, — deydi AQSh mudofaa vaziri Jeyms Mettis.
Uning ta’kidlashicha, mazkur qo‘mondonlik “Gollivuddan to Bollivudga qadar, qutb ayiqlaridan pingvinlarga qadar” bo‘lgan hududni nazorat qiluvchi AQShning asosiy harbiy kuchlaridan sanaladi.
Mazkur hodisa AQSh va Xitoyning navbatdagi keskin munosabatlari fonida sodir bo‘ldi. 27-may kuni AQSh harbity-dengiz kuchlari Janubiy Xitoy dengizida joylashgan orollarda operatsiya o‘tkazgan. Bunga javoban Pekin Vashintonni Xitoy xavfsizligiga tahdid qilishni to‘xtatishga chaqirgan.
Izoh (0)