Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko 30-may kuni mamlakat maxsus xizmatlarning operatsiyasi doirasida o‘limi uyushtirilgan jurnalist Arkadiy Babchenko bilan uchrashdi. Bu haqda Ukraina prezidenti matbuot xizmatiga asoslanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.
Poroshenkoning ta’kidlashicha, mazkur maxsus operatsiya borasida prezident ma’muriyatidagilardan boshqa hech kimning xabari bo‘lmagan.
“Ushbu holatga befarq bo‘lmagan va mamlakatni saqlab qolish uchun kurashishga tayyor bo‘lgan barcha ukrainaliklarga minnatdorchilik bildirib qolaman. Axir Rossiya hududidan jurnalistga nisbatan uyushtirilgan hujum — bu Ukrainadagi vaziyatni izidan chiqarishga, hukumatning kuchsiz ekanligini isbotlashga va shubhasiz, Rossiya o‘zi juda ham qo‘rqadigan kishisini o‘ldirishga qaratilgan”, — deydi Poroshenko.
Shuningdek, prezident bu kabi ssenariylarning Ukrainada amalga oshishga yo‘l qo‘ymayotgan Babchenko va mamlakat huquq-tartibor organlariga minnatdorchilik izhor etdi.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 30-may kuni Ukrainada rossiyalik jurnalist Arkadiy Babchenko o‘z xonadonida otib ketilgani haqida xabar berilgandi. Keyinroq bu Ukraina maxsus xizmatlari tomonidan uyushtirilgan operatsiya ekanligi ayon bo‘ldi.
Izoh (0)