Germaniya politsiyasi Kyolndan mamlakat shimoliga yo‘l olgan poyezdda pichoq bilan ikki kishini yaralagan erkakni otib tashladi. Bu haqda Euronews xabar bermoqda.
Hujumga duch kelgan yo‘lovchilardan birining holati og‘ir ekanligi bildirilmoqda.
Hodisa haqida poyezd Flensburg shahri vokzaliga yetib qelganida ma’lum qilindi. Vokzal politsiya tomonidan o‘rab olingan, tekshiruv olib borilmoqda.
Izoh (0)