Belgiyaning Lyej shahrida ikki politsiyachi va bir yigitni o‘ldirgan terrorchi bundan bir kun avval yana bir kishining umriga zomin bo‘lgani aniqlandi. Bu haqda mamlakat ichki ishlar vaziri Jan Jambon ma’lum qildi, deya xabar beradi “Korrespondent.net”.
Uning aytishicha, politsiya tomonidan hujumdan so‘ng bartaraf etilgan 36 yoshli Benjamin German o‘z tanishi Mikael Vilmeni ham o‘ldirgan. Uning jasadi Lyejdan 50 kilometr uzoqdagi Marsh-an-Famen kommunasida topildi.
Mikael Vilme boshiga bolg‘a bilan urilishi oqibatida halok bo‘lgan. Keyinchalik politsiya Germanning mashinasidan jinoyat qurolini topdi.
Izoh (0)