Germaniyada smartfon yordamida selfi qilayotgan ikki qizni yashin urdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Qizlar jiddiy jarohat bilan kasalxonaga olib ketilgan.
Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, qizlarni atrofdan o‘tib ketayotgan kishi hushsiz holatda topgan.
Qizlardan biri faqat yo‘l bo‘ylab ketayotgani va suratga tushmoqchi bo‘lganini eslashini aytgan.
Avvalroq, Gretsiyada yashin urgan avtobus yonib ketgani xabar qilingan edi.
Izoh (0)