Shimoliy Koreya delegatsiyasi AQSh prezidenti Donald Tramp va KXDR yetakchisi Kim Chen Inning uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rish uchun Singapurga yetib keldi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Singapurga AQSh delegatsiyasi ham yo‘l oldi, ular AQSh harbiy-havo kuchlarining Iokota bazasidan uchib ketdi.
Eslatib o‘tamiz, 24-may kuni Tramp Kim Chen In bilan 12-iyunga belgilangan uchrashuvni Pxenyanning “ochiq dushmanligi” tufayli bekor qilgan edi.
Shimoliy Koreya hamon AQSh bilan aloqalarni yaxshilash istagida ekanligini, Amerika hukumati bilan har qanday vaqtda va har qanday formatda uchrashuv o‘tkazishga tayyor ekanligini bildirgach, AQSh-KXDR sammitiga tayyorgarlik qayta boshlandi.
Izoh (0)