KXDR Mehnat partiyasi raisi o‘rinbosari Kim Yon Chol Shimoliy Koreya va AQSh yetakchilari o‘rtasidagi ehtimoliy sammitga tayyorgarlik haqidagi muzokaralarda qatnashish uchun AQShga jo‘nab ketish maqsadida 29-may, seshanba kuni Pekinga yetib keldi, deb yozadi “Interfaks”.
Janubiy Koreyaning “Ryonxap” agentligi o‘z manbalariga tayanib ma’lum qilishicha, U Nyu-Yorkka reysni bron qilib qo‘ygan.
Avvalroq Kim Yon Chol AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeoning yaqinda KXDRga uyushtirilgan safarlariga javoban, AQShga tashrif buyurishi haqida xabar berilgan edi. Mansabdorlar AQSh prezidenti Donald Tramp va KXDR yetakchisi Kim Chen Inning uchrashuvi haqida uzil-kesil kelishib olishi kutilmoqda.
Izoh (0)