28-may kuni Hindistonga yopirilgan bo‘ron natijasida yuzaga kelgan kuchli yog‘ingarchilik va shamol oqibatida kamida 33 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda India Today nashriga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, bo‘ron Uttar-Pradesh shtatida 9 kishining, Jarkaxand shtatida 12 kishining va Bixar shtatida ham 12 kishining hayotiga zomin bo‘lgan.
India TV telekanalining ma’lum qilishicha, tabiiy ofat oqibatida, shuningdek, 28 kishi jarohat olgan.
Eslatib o‘tamiz, Uttar-Pradesh shtatida tabiiy ofat tufayli aholi ancha ziyon ko‘rgan edi.
Izoh (0)