EasyJet aviakompaniyasining uchuvchisi parvozlardan birida erkak yo‘lovchilar tomonidan kamsitildi. Bu haqda The Independent xabar berdi.
Erkaklar Sharlott Noulsonning mahoratiga shubha qilgan. Yo‘lovchilardan biri agar ekipaj komandiri ayol kishi ekanligini bilganida, bu samolyotga hech qachon chiqmagan bo‘lishini aytgan.
Noulson bu voqea haqida o‘zining Twitter’dagi sahifasida yozgan. Uchuvchi bunday gaplarga e’tibor qilmasligini, bundan hafa emasligi va ko‘ngli cho‘kmaganini ma’lum qilgan. Noulson kimlardir hali ham ayollarga nisbatan ana shunday qarashlar bilan munosabatda bo‘lishidan ranjigan.
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari ayol bu orqali keyingi avlodga namuna bo‘layotganini bildirgan.
Uchuvchining so‘zlariga ko‘ra, u allaqachon bunday hazillarga ko‘nikib qolgan va ularga ustalik bilan munosabat bildirgan: u jilmayib, erkaklardan parvoz qanday o‘tganini so‘ragan.
Izoh (0)