AQSh prezidenti Donald Tramp 100 yil avval oq tanli ayol bilan sayohat qilgani uchun sudlangan afroamerikalik bokschi Jek Jonsonni afv etdi. Bu haqda Meduza xabar berdi.
“Men buni to‘g‘ri qadam deb hisoblayman. Tariximizda yuz bergan xatolarni to‘g‘rilash va haqiqiy afsonaviy chempionga hurmat ko‘rsatishimiz kerak”, — deya ta’kidlagan Tramp Oq Uyda bo‘lib o‘tgan marosimda. Marosimda Jonsonni afv etishning tashabbuskorlaridan biri bo‘lgan Silvestr Stallone ham ishtirok etgan.
Trampning qayd etishicha, Jonsonga chiqarilgan hukm “ko‘p tomonlama adolatsiz irqiy kamsitish” bo‘lgan.
Izoh (0)