O‘zbekistonda Andijon—Savay— Xonobod temir yo‘l uchastkasini modernizatsiya qilish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Sputnik xabar berdi.
Davlat rahbari qarori loyihasida 65 kilometrli temir yo‘l uchastkasini modernizatsiya qilish, yo‘lning ayrim qismlarini o‘nglash, sun’iy inshootlar rekonstruksiyasi, signalizatsiya va telekommunikatsiya tizimlari modernizatsiyasi, Qirg‘iziston hududini aylanib o‘tadigan yangi 10,5 kilometrli yo‘l qurilishi ko‘zda tutilgan.
Mazkur ishlar 2019-yilda yakunlangandan so‘ng shaharlararo poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yiladi.
Loyihaning umumiy qiymati 15 million dollardan oshiq bo‘lib, “O‘zbekiston temir yo‘llari” (9,1 million dollar) va davlat budjeti (6,1 million dollar) hisobidan ajratiladi.
Izoh (0)