Yaponiyaning markaziy qismida 25-mayga o‘tar kechasi 5,1 magnitudali zilzila yuz berdi, sunami xavfi mavjud emas, deb yozmoqda “RIA Novosti”.
Mamlakat bosh meteorologik agentligi ma’lumotiga ko‘ra, yerosti silkinishlari mahalliy vaqt bilan 21:13 da Nagano prefekturasida qayd etilgan. Zilzila o‘chog‘i yer yuzasiga yaqin joyda bo‘lgan.
Hududda joylashgan AESlarda nosozliklar haqida ma’lumot tushmagan. Jabrlanganlar va vayronagarchiliklar haqida ma’lumotlar yo‘q.
Izoh (0)