AQSh qurolli kuchlarining Yevropadagi qo‘mondoni Kertis Skaparotti Rossiya armiyasining modernizatsiya qilingani tufayli Rossiyani tiyib turish uchun harbiy resurslarni ko‘paytirish va ushbu maqsadlarga yo‘naltiriladigan budjet mablag‘larini qayta ko‘rib chiqish zarurligini ta‘kidladi, deb xabar beradi “Kommersant”.
Skaparottining qayd etishicha, ushbu rejalarga mablag‘ terrorizmga qarshi kurashishga yo‘naltiriladigan resurslardan olinadi.
Qo‘mondon harbiy tashkilotlar rahbarlari bilan ushbu masalani muhokama qilganini ham aytib o‘tgan.
Izoh (0)