Bugun, 23-may sanasida Butunjahon etnosport konfederatsiyasi rahbari, Kamonchilar fondi vasiylik kengashi raisi, Turkiya yoshlar fondi Oliy maslahat kengashi a’zosi Bilol Erdo‘g‘on va “Turkiya—O‘zbekiston” parlamentlararo do‘stlik guruhi raisi, Turkiya Buyuk Millati Majlisi a’zosi Haydar Ali Yildiz boshchiligidagi katta delegatsiya O‘zbekistonga kelganligi haqida xabar berilgandi.
Tashrif avvalida mehmonlar poytaxtdagi diqqatga sazovor joylarga tashrif buyurdi. Keyin esa Samarqand shahriga yo‘l oldi. Erdo‘g‘on boshliq delegatsiya Samarqandga tashrifni “Go‘ri Amir” maqbarasini ziyorat qilishdan boshladi. U yerda Sohibqiron Amir Temurning haqiga qur’on tilovat tushirildi.
So‘ngra “Registon” ansambli oldidagi katta maydonda kamondan o‘q otish bo‘yicha VI xalqaro “Fotih kubogi” musobaqasiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi.
Keyin esa delegatsiya a’zolari “Hazrati Hizr” majmuasiga tashrif buyurib, O‘zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimovni yod etdi. Bilol Erdo‘g‘on marhum Prezident haqqiga qur’on tilovat qildi.
Ular uchun navbatdagi manzil Imom al-Buxoriy majmuasi bo‘ldi. Mehmonlar islom olamining buyuk olimi Imom al-Buxoriy majmuasini ziyorat qilib, buyuk mutafakkir haqiga duolar o‘qib, qur’on tilovat qildi.
Ma’lumot uchun Bilol Erdo‘g‘on Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning 3-farzandi hisoblanadi.
Izoh (0)