Bugun, 23-may sanasida Butunjahon etnosport konfederatsiyasi rahbari, Kamonchilar fondi vasiylik kengashi raisi, Turkiya yoshlar fondi Oliy maslahat kengashi a’zosi Bilol Erdo‘g‘on va “Turkiya—O‘zbekiston” parlamentlararo do‘stlik guruhi raisi, Turkiya buyuk millati majlisi a’zosi Haydar Ali Yildiz boshchiligidagi katta delegatsiya O‘zbekistonga keldi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.
Mehmonlarni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov, O‘zbekiston Jismoniy tarbiya va sport vaziri Shoakram Isroilov, Turkiyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Ahmad Bashar Shen kutib oldi.
Turkiya delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifidan maqsad o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, ularni yangi bosqichga olib chiqish, shuningdek, kamondan o‘q otish bo‘yicha o‘tkaziladigan “Fotih Kubogi” xalqaro turniriga bag‘ishlangan konferensiyada ishtirok etishdan iborat, deyiladi MOQ xabarida.
Ma’lumot uchun Bilol Erdo‘g‘on Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning 3-farzandi hisoblanadi.
Izoh (0)