Eng yirik onlayn kinoteatr Netflix foydalanuvchilari kompaniyaning AQShning sobiq prezidenti Barak Obama bilan tuzgan shartnomasi sababli boykot bilan tahdid qilmoqda. Bu haqda “Korrespondent.net” yozmoqda.
Nashrning ma’lumotlariga ko‘ra, Obama bilan shartnoma sobiq prezidentga qarshi bo‘lgan foydalanuvchilarning noroziligini keltirib chiqargan, ba’zilar esa striming xizmatidan voz kechish bilan tahdid qilmoqda.
Foydalanuvchilar Obamaning ishtiroki sababli dasturlarda o‘zgarishlar bo‘lishidan xavfsiramoqda. Ular o‘z fikrlarini ijtimoiy tarmoqlarda faol ravishda bildirmoqda.
Izoh (0)