Gavana ustida Boeing 737 qulagan paytida omon qolgan uch ayoldan biri vafot etdi, deb xabar beradi “TASS”.
23 yoshli Grettel Landrove Gavanadagi shifoxonada vafot etgan. Shu tarzda 18-may kuni yuz bergan aviahalokat qurbonlari soni 111 kishiga yetdi.
Landrove Olgin shahrida tug‘ilgan edi. U halokatga uchragan samolyotida ona shahriga yo‘l olgan edi.
Aviahalokatdan omon qolgan ikki ayolning ahvoli og‘ir ekanligi aytilmoqda. Ular ham Landrove davolangan kasalxonada qolmoqda. Ularning hayoti uchun 20 dan ortiq turli mutaxassislikdagi shifokorlar kurashmoqda.
Izoh (0)