Ostona aholisi messenjerlar va ijtimoiy tarmoqlarga shaharda sodir bo‘lgan kuchli bo‘ronning suratlari va videolarini joylashtirmoqda, deb xabar berdi Tengri News.
22-may kuni shaharda kuchli shamol esib, yomg‘ir yoqqan. Sodir bo‘layotgan tabiat hodisasini shahar aholisi suratga olib ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirishni boshlab yuborgan.
“Bugun ob-havoning keskin yomonlashgani, aynan qisqa vaqtli shamollar esgani va yomg‘ir yog‘gani sabab ‘112’ telefon raqamiga so‘nggi bir soat ichida favqulodda holatlar yuzasidan qo‘ng‘iroq qilganlar soni ko‘payib ketdi”, — deyiladi Ostona Favqulodda vaziyatlar departamenti xabarida.
Izoh (0)