Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

AQShning sobiq prezidenti Barak Obama va uning oilasi Netflix kompaniyasi bilan hamkorlikda film hamda seriallarni suratga oladi. Ular bu borada o‘zaro shartnoma imzoladi, deb xabar beradi KNews.

Foto: KNews

Foto: KNews

Rejalashtirilgan loyihalarni amalga oshirish uchun sobiq prezident va uning rafiqasi Higher Ground Profuctions xususiy prodyuserlik kompaniyasiga asos soldi. Biroq hozirda Netflix va Obamalar oilasi qanday film va seriallarni tasvirga olishi haqida ma’lumot yo‘q.

“Biz odamlarda mehr-shafqat va hamjihatlikni uyg‘otishga xizmat qiladigan iqtidorlarni, ijodiy ovozlarni yetishtirishga, shuningdek, ularga o‘z tarixini dunyo bilan bo‘lishish borasida yordam berish niyatidamiz”, — deydi Obama.

Taxminlarga ko‘ra, kontent 2019-yildan boshlab paydo bo‘ladi.

Netflix butun dunyo bo‘ylab 125 million obunachisiga ega. Kompaniya o‘z dasturlarini kuzatuvchi tomoshabinlar sonini oshkor etmaslikka harakat qiladi, biroq o‘sib borayotgan bozorda striming servislar yetakchi ekanligi barchaga ayon. Nielsen kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu servislar barcha teleko‘rsatuvlarning 10 foizini tashkil etadi, Netflix esa bozorning 49 foiziga egalik qilgan holda, ular orasida yetakchi hisoblanadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Retseptlar
Pechda pishirilgan qovoq: mazali retseptlarni tayyorlab ko‘ring
Dunyo
Shimoliy Koreya bir haftada to‘rtinchi marta ballistik raketalarni uchirdi
Mahalliy
Rossiyada O‘zbekiston fuqarosining pasporti ish beruvchi tomonidan olib qo‘yilgani aniqlandi