Kolumbiyada suv to‘g‘oni gidroelektrostansiyani qurish oqibatida qo‘yilgan xatolik tufayli yorilib ketdi. Internet tarmoqlarda to‘g‘on yorilishi tasvirga tushirilgan video paydo bo‘ldi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Mahalliy OAVlarning ma’lum qilishicha, Kauka daryosi drenaj tunnelini yorib yuborganidan so‘ng o‘n minglab odam evakuatsiya qilingan. 600 nafar odam uysiz qolgan, shuningdek, ikkita ko‘prik, ikkita maktab va shifoxona vayron bo‘lgan.
Antiokiya departamenti gubernatori mazkur holatni milliy falokat deb atadi.
Izoh (0)